So’nggi yangiliklar

16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0

04 dek 23:30
Yangiliklar

Qilichbozlik

Breaking! Endigina sportga qaytgan Alisher Usmonov kutilmaganda Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidentligidan ketdi, bunga nima sabab bo'ldi?

SHu yilning 30 noyabr kuni asli o'zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov Toshkentda o'tkazilgan Kongress davomda Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti etib saylangan edi.

Usmonov vakilining "Ria Novosti" nashriga malum qilishicha, funkcioner prezident etib saylangan kunining ertasiga ixtiyoriy ravishda o'z lavozimini tark etgan.

"Alisher Usmonov o'zining so'zsiz g'alabasidan so'ng FIE manfaatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan joriy etilgan yuridik jihatdan asossiz sankciyalarning FIE va uning faoliyatiga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun zarur choralarni ko'rishini malum qildi va shu munosabat bilan FIE ijroiya qo'mitasini o'z vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to'xtatib turgani haqida xabardor qildi. Hammasi qonun va adolat doirasida hal qilinishi kerak", degan Usmonovning vakili.

"FIE Ijroiya qo'mitasi 1 dekabr kuni yig'ilib, unga federaciyaning samarali faoliyatini taminlash maqsadida janob Alisher Usmonovning FIE prezidenti lavozimini o'z ixtiyori bilan to'xtatish to'g'risidagi qarori haqida malumot berildi", deyiladi federaciya rasmiy xabarida.

Usmonov 2022 yilda tashkilotdan ketganidan keyin federaciyani boshqargan greciyalik Emmanuel Kaciadakis yana FIE muvaqqat prezidenti bo'ldi.

Malumot uchun, Alisher Usmonov 2008-2022 yillarda Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing