28 apr 20:02
Yangiliklar
Futbol

BREAKING: Franciya chempionati muddatidan oldin yakunlandi
Liga 1 hamda Liga 2'ning joriy mavsum bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa o'tkazilmaydi.
Bu haqda Franciya Bosh vaziri Eduard Filipp malum qildi.
“Quyoshli kunlarda sportning ayrim turlari bilan masofani saqlagan holda ochiq xavoda shug'ullanish mumkindir. Biroq, yopiq inshootlarda, shuningdek, muntazam aloqada bo'luvchi va jamoaviy sport turlarida esa bu imkonsiz”, deydi Filipp.
SHu tariqa, Franciyada futbol bahslari sentyabrgacha qaytmaydi. Joriy mavsum chempioni, shuningdek, quyi divizionga tushib ketadiganlar aniqlanishi haqida hozircha rasmiy malumot yo'q.
Avvalroq, Franciya 4 divizioni hamda undan quyi ligalarda ham mavsum yakunlangani haqda xabar berilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar