So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

05 iyu 07:52
Yangiliklar

Futbol

Breaking news: Ronaldu "Yuventus"da!

Teglar :  RealRonalduYuventus
Italiya matbuoti Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tayotgani haqida bir qator xabarlar chop etdi.

Ushbu xabarlarni eng qaynog'i yaqindagina Italiya futbolidagi mashhur mutaxassis, "Yuventus"ning sobiq menejeri Luchano Modji tomonidan yangradi.

Hozirgina "7Gold Sport" kanali orqali italiyalik jurnalistlar Luchano Modjining Ronaldu bugun "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tgani haqidagi xabarini jonli efirda elon qilishdi.

Italiyaliklar jurnalistlar Modjiga ko'ra, Ronaldu "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tgani va shartnoma imzolagani haqida aytishmoqda. Hozircha bu borada "Yuventus" va "Real" tarafidan hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.

Ammo shuni qayd etish kerakki, Ronalduning "Yuventus" bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar Italiya matbuotida kechadan buyon tinmayapti. Italiya futbolidagi eng ishonchli insayderlardan biri hisoblangan Di Marcio ham Ronaldu va "Yuventus" aloqaga kirishgani haqiqat ekanligini tasdiqladi. Unga ko'ra, Krishtianu "Real" rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarda tortishib qolgan va ketishga qaror qilgan.

Italiya matbuoti tarqatayotgan xabarga ko'ra, Ronalduning transferi 120-150 million evro atrofida baholanmoqda.

Turinda esa futbolchi yiliga 30 million evro maosh olishi ko'zda tutilmoqda.

Italiyaning mashhur nashri "La Gazzetta Dello Sport" Ronalduning "Yuventus"ga o'tayotganini "Ajoyib fikr", deya nomlab "Yuventus"ni olqishlagan!

SHuningdek, bir qator Italiya nashrlari Ronalduni A Seriyaga olib kelmoqchi bo'layotgan "Yuventus" manziliga maqtovli sarlavhalar bilan chiqish qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha matbuotda Ronaldu Turinda uy qidirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Luchano Modji, Di Marcio, "La Gazzette Dello Sport", "Tutto Juve" nashrlari asosan ishonchli manba ekanligini inobatga olsak, Ronalduning "Yuventus" kelayotgani tobora haqiqatga o'xshaydi.

"Yuventus" sobiq menejeri Luchano Modji esa kelishuvga amalga oshgani haqida bong urmoqda. Ayni daqiqalarda esa Italiya matbuotida Modji tarqatgan xabar keng muhokama qilinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing