01 dek 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Britaniyalik ekspert Osiyo chempionatida yangi vaznda ishtirok etayotgan o'zbekistonlik bokschi finalga yo'l olishini taxmin qildi
Angliyalik boks mutaxassisi Teylor O'Xiggins o'zbekistonlik bokschi Adhamjon Muhiddinovning Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"63 kgdagi Ruslan Abdullaev yaqinda professional boksga o'tdi, endi Adhamjon Muhiddinov yarim o'rta vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Agar u yarim finalda filippinlik kuchli raqib — Mark Eshli Fajardoga qarshi tura olsa, osonlik bilan finalga chiqishi kerak", deb yozdi O'Xiggins ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.
Tailandda davom etayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati doirasida Muhiddinov o'zining ilk jangini ertaga xitoylik Jenmin Daiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar