06 noy 13:25
Yangiliklar
Futbol

Bu dahshat! Terakt iroqlik darvozabonning oilasi hayotiga zomin bo'ldi
ISHID terrorchilik tashkiloti tomonidan uyushtirilgan navbatdagi hujum natijasida 26 nafar begunoh inson hayotdan ko'z yumdi.
Ularning orasida iroqlik darvozabon Munir Obidning oilasi ham bor edi. Obid va uning oilasi o'rtasidagi aloqa bundan ikki yil avval, ISHID shaharni egallab olganidan so'ng uzilib qolgandi.
Bu shaharda Munirning rafiqasi va to'rt nafar farzandi yashayotgandi. Iroq armiyasi shaharni ozod qilishga urinmoqda. Ana shunday urinishlarning birida armiya tinch aholini shahardan olib chiqishga uringan.
Yo'lda esa pistirmaga duch kelingan. Terrorchilar minomet orqali tinch aholi joy olgan yuk mashinasiga o'q uzishgan. Natijada 26 kishi, shu jumladan, Obidning butun oilasi halok bo'lgan.
Havola :
Fikrlar