16 iyu 22:41
Yangiliklar
Futbol
Bu fakt! Iyun oyida Moskvada 202 nafar Artyom, 22 Igor dunyoga kelgan
Rossiyada o'tkazilgan mundial chog'ida, aniqrog'i iyun oyida poytaxt Moskva shahrida dunyoga kelgan chaqaloqlarning aksariyatiga mamlakat terma jamoasi futbolchilarining ismi berilgan.
Jumladan, 203 chaqaloqqa Aleksandr, 202 nafariga Artyom, 22 yangi mehmonga Igor ismi qo'yilgan. Yana Moskvada iyun oyida tug'ilgan 273 nafar qiz bolaga Aleksandra ismi berilgan.
Saudiya Arabistoni va Misrga qarshi kechgan guruh o'yinlaridan keyinoq bir nechta oila dunyoga kelgan farzandlariga Artyom Dzyuba, Igor Akinfeev, Aleksandr Samedov kabi Rossiya terma jamoasi futbolchilarining ismini qo'yishgan.
Havola :
Fikrlar