30 avg 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Bu fakt: Nursulton Ro'ziboev UFC'da eng uzun g'alabali seriyadagi to'rt jangchidan biri!
O'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev o'rta vazn toifasida g'alabali seriya qayd etib kelmoqda.
Rasmiy statistikaga ko'ra, Ro'ziboev o'rta vazn toifasidagi eng uzun g'alabali seriya qayd etib kelayotgan jangchilar qatoriga kiradi.
Nursulton Franciya vakili Nassurdin Imavov, angliyalik Kristian Leroy Dankan va kamerunlik Ateba Gote bilan ketma-ket beshta jangidan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. Bu o'rta vazn toifasida ayni damdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev 5 sentyabr Parij shahri mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turniri doirasida angliyalik taniqli aralash yakkakurash ustasi Maykl "Venom" Peyjga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar