22 mar 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu jang bo'ladi". Dana Uayt Jon Jons va Aspinall o'rtasidagi kutilayotgan to'qnashuv haqida
UFC prezidenti Dana Uayt og'ir vazn chempioni Jon Jons va vaqtinchalik chempion Tom Aspinall o'rtasidagi jangni tashkil etish borasida yangi malumotlar berdi.
"Bu jang albatta bo'ladi. Kelishuvga erishilgan, ammo hali bu yakuniy qaror emas. Hali sanani elon qiladigan darajada emas. Faqat jang qachon bo'lishini hal qilish, shartnomalarni imzolash va rasmiy ishlarini tugatish qoldi.
Biz buni UFC tarixida og'ir vazn toifasidagi eng katta janglardan biri deb hisoblaymiz. Kelishuvni to'liq amalga oshirib, rasman elon qilganimizda va promoni boshlaganimizda, bu UFC tarixidagi eng yirik og'ir vazn janglaridan biriga aylanadi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar