20 mar 15:42
Yangiliklar

"Bu jang – haqorat". Ekspert Maxachev - Topuriya ehtimoliy jangi haqida gapirdi
"Birinchi taassurotim – bu soxta xabar. Va bu taklif Islam uchun haqoratdir. Men Islam kim bilandir jang qilishdan qo'rqadi, degan gaplarga ishonmayman. Bunga isbot – u Moykano bilan tayyorgarliksiz, mashg'ulot lageri o'tkazmasdan jang qilishga rozi bo'lgani. CHunki u "shou davom etishi kerak" degan qoidaga amal qilgan", – dedi Sonnen ESPN dagi ko'rsatuvida.
Sonnen bu jang bo'lib o'tish ehtimoliga shubha bilan qaramoqda.
"Menimcha, bu shunchaki mish-mish. SHu bilan birga, Islamdan: "Sen yarim engil vazndagi jangchi bilan jang qilasanmi?" deb so'rash ham biroz haqoratdek. CHunki bu uning yarim engil vazndagi uchinchi raqibi bo'lar edi. Agar Islamga yuqori divizionga chiqib, yarim o'rta vaznda jang qilishga ruxsat berilmayotgan bo'lsa, bu jangning bo'lishiga ishonmayman", – dedi Sonnen.
Fikrlar