19 mar 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu juda oson edi". Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan jangni esladi
Superog'ir vaznda jahonning mutlaq chempioni bo'lgan Lennoks Lyuis Mayk Taysonga qarshi jangini o'z karerasidagi eng oson bahs deb hisoblaydi.
Ular 2002 yil iyun oyida to'qnash kelgan. Lyuis 8-raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan.
"Bu juda oson bo'lgani uchun men hayron qolmaganman. Emanuel Styuard (Lyuisning murabbiyi) menga: "Bu sen uchun eng oson jang bo'ladi", deb aytganida, men: "Nima?" deb hayron bo'lgandim. U esa: "Ha, bu sen uchun eng oson jang bo'ladi", deb javob berdi. Keyin tushunib etdim, nega u shunday deganini. CHunki Taysongacha bo'lgan barcha janglar ushbu jangga tayyorgarlik vazifasini bajargan", – dedi Lyuis.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar