13 fev 14:27
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Bu qiziq! CHigirev va Geynish 26 yillik tanaffusdan keyin O'zbekistonga yana oltin medalni taqdim etdi. So'nggi oltin kimga tegishli edi?
Kecha Xitoyning Xarbin shahrida o'tkazilayotgan IX qishki Osiyo o'yinlarida O'zbekiston musobaqadagi ilk medalini qo'lga kiritdi.
Figurali uchishning juftlik yo'nalishidagi sportchilarimiz Dmitriy CHigirev va Ekaterina Geynish qisqa va erkin dasturlar yakuniga ko'ra 176.43 ball jamg'arib, eng yaxshi natijani qayd etdi.
Bu O'zbekiston delegaciyasining qishki Osiyo o'yinlarida 26 yildan keyin qo'lga kiritgan ilk oltin medaliga aylandi.
So'nggi bor 1999 yilda Koreya Respublikasining Kangvon shahrida tashkil etilgan qishki Osiyo o'yinlarida figurali uchuvchi Tatyana Malinina birinchi bo'lgandi. U hozirda figurali uchish olamining eng mashhur shaxslaridan biri — Ilya Malininning onasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar