28 avg 15:25
Yangiliklar
Bu qiziq! Ikki yoki undan ko'p marta Olimpiada sovrindoriga aylangan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing
Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik to'rt nafar sportchi ikki karra Olimpiada g'olib va sovrindorlariga aylanishdi.
Bular: taekvondochi Ulug'bek Rashitov, bokschilar Hasanboy Do'smatov va Bahodir Jalolov hamda og'ir atletikachi Akbar Jo'raev.
SHu tariqa, Olimpiadalarda ikki yoki undan ko'p marotaba g'olib va sovrindorga aylangan sportchilarimizning umumiy soni 6 nafarga etdi.
2 ta oltin: Ulug'bek Rashitov (taekvondo, Tokio-2020 va Parij-2024)
2 ta oltin: Hasanboy Do'smatov (boks, Rio-2016 va Parij-2024)
2 ta oltin: Bahodir Jalolov (boks, Tokio-2020 va Parij-2024)
1 ta oltin va 1 ta kumush: Artur Taymazov (erkin kurash, Afina-2004 va Sidney-2000)
1 ta oltin va 1 ta kumush Akbar Jo'raev (og'ir atletika, Tokio-2020 va Parij-2024)
3 ta bronza: Rishod Sobirov (dzyudo, Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016).
Fikrlar