24 dek 09:07
Yangiliklar

Bu qiziq! Yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo o'yinlari g'olibi bugun erkin kurashda o'z omadini sinab ko'radi + FOTO
Xabar berganimizdek, bugun erkin kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining so'nggi kuni 5 ta vaznda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Etiborga molik jihati shundaki, bugun tarixiy voqeylik qayd etilishi mumkin. Uchta Olimpiada ishtirokchisi, Osiyo o'yinlari g'olibi Mo'minjon Abdullaev erkin kurash bahslarida ham o'zini sinab ko'radi. U ikki kun avval yunon-rum kurashining 130 kg vazn toifasida O'zbeekiston chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgandi.
Agar u bugun 125 kg vaznda ham zafar quchsa, erkin va yunon-rum kurashida O'zbekiston chempioni bo'lgan ikkinchi kurashchiga aylanadi. SHu kungacha birgina O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi Salim Abduvalievga ikki yo'nalishda mamlakat chempioni bo'lish nasib qilgandi. Mo'minjon Abdullaev biroz avval tarozida belgilangan vazn meyorini bajardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar