So’nggi yangiliklar

12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0

06 sen 17:11
Yangiliklar

Boks/MMA

"Bu sharmandalik bo'ladi". Bokschi Qozog'iston terma jamoasini Olimpiada-2028`da muammolar kutayotganini taxmin qildi

Sport eksperti va bokschi Aydar SHaribaev hozirgi vaziyatda Qozog'iston boks terma jamoasi yirik xalqaro turnirlarda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi va terma jamoa ishida tizimli o'zgarishlar zarurligini takidladi.

"Assalomu alaykum, boks ixlosmandlari! So'zimni bir maqol bilan boshlamoqchiman: "Yomonni aytmay, yaxshi yo'q". Yani, bu so'zlarning zamirida chuqur mano bor. "Bugun bizni tanqid qilyapti" deb, mendan xafa bo'lmanglar. Agar ertaga men adashgan bo'lsam va bokschilarimiz jahon arenalarida raqiblarini tor-mor etishsa, adashgan odam bo'lib qolishdan aslo uyalmayman.

Ammo aytganlarim amalga oshib, ertaga birorta ham oltinga ega chiqolmasak — mana shu sharmandalik bo'ladi. Aytganlaridek: "Aqldan ozmay turib, hushingni yig'". Olimpiadada oltinsiz qolganimizdan keyin xafa bo'lish yoki etiroz bildirish — bu ish emas. SHuning uchun bugun bir nechta muhim jihatlarga to'xtalib o'tmoqchiman.

Mamlakatimizda bir vazn toifasida bor-yo'g'i bir yoki ikki-uch nafar ishonchli bokschi bor. Aslida esa, har bir vaznda besh nafardan raqobatbardosh bokschi bo'lishi juda muhim. CHunki, bilasizlar, qo'shnilarimiz va boshqa raqiblarimiz qarab o'tirishgani yo'q. Ularning barchasi bizning bokschilarimizga qarshi maxsus "uy vazifasi"ni bajarib, taktik jihatdan tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Bu shuni anglatadiki, har bir turnirga faqat birinchi raqamli bokschilarni olib boravermasdan, ikkinchi va uchinchi raqamli bokschilarga ham etibor qaratish kerak. Bundan tashqari, terma jamoadagi barcha masuliyat faqat bosh murabbiy zimmasiga yuklanmasligini va qarorlar u tomonidan yakka tartibda qabul qilinmasligini istardim — butun murabbiylar shtabining fikrini inobatga olish va kelishish kerak.

SHuningdek, mamlakatimizda so'ziga quloq solish kerak bo'lgan tajribali mutaxassislar oz emas. SHu munosabat bilan nemis maqolini eslatib o'tmoqchiman: "Hatto yomon tizim ham tizimsizlikdan yaxshiroqdir". Yana ko'p narsa deyish mumkin, lekin hozir bizga eng zaruri — bu tizim, tizim va yana tizim. Tizim bo'lsa, g'alabalar ham bo'ladi. Hammaga omad!", — dedi SHaribaev Instagram sahifasida.

Ayni paytda bosh murabbiy Nurjan Nasanov boshchiligidagi Qozog'iston boks terma jamoasi yilning asosiy musobaqasi — Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o'tkazmoqda. Osiyo o'yinlari doirasidagi boks turniri 21 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Yaponiyaning Nishio shahrida bo'lib o'tadi. Jamoa Los-Anjelesda (AQSH) o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi, tayyorgarlikning so'nggi bosqichi esa bevosita Yaponiyada tashkil etiladi. Erkaklar terma jamoasining tarkibi hozircha elon qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing