So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

11 avg 20:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Bu sharmandalik - Konor Makgregor trilogiyada Neyt Diazni jazolamoqchi

Konor ko'p gapiradi va u osonroq raqib topishga harakat qiladi.

Konor Makgregor ajoyib jangchi. U uzoq vaqtdan beri oktagonga chiqmadi, ammo hammaning diqqat markazida bo'lishda davom etmoqda. Irlandiyalik jon-jahdi bilan tez orada UFC'da jang qilishini ko'rsatmoqda. To'g'ri, bo'ladigan jangga tayyorgarlik ko'rish o'rniga, Konor raqib haqida qaror qabul qila olmaydi. Biroq, amalga oshishi mumkin bo'lgan maqsadlar ro'yxatiga allaqachon Maykl CHendler va Jastin Getji kiritilgan. Va endi Makgregor u ro'yxatga boshqa ism qo'shdi.

Konor Neyt Diazga kuchli zarba berishga qaror qildi. U UFC gangsterini bloger Jeyk Pol bilan ringdagi uchrashuvini tanqid qildi: «Trilogiyada jigaringni sendvich orasiga solaman. Yuzingga ham musht tushirmayman. Bir kun oldingi chiqishing dahshatli edi. Pol shunchaki tormoz, u axlatdan boshqa narsa emas. Ey, Xudoyim, bu sharmandalik edi. Hatto Ronda ham menga hech narsa qilmading, deb sms yozdi».

Balki Konor haqiqatan ham Neyt bilan masalani yopmoqchidir, chunki hozircha ularning qarama-qarshiligi durang. Birinchi jang Diasga nasib etdi, u ikkinchi raunddayoq g'alaba qozondi. Makgregor esa g'alabaga hakamlarning bo'lingan qarori bilan erishdi. Katta ehtimol bilan, irlandiyalikning g'ururi hanuzgacha toptalayotgandek, chunki u Diazni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchrata olmadi.

Qolaversa, irlandiyalik barcha bo'lajak raqiblar ichida eng osoni Diaz ekanligini yaxshi biladi. To'g'ri, CHendler so'nggi to'rtta jangning uchtasida mag'lub bo'ldi. Ammo u eng zo'rlariga engildi - CHarlz Oliveyra, Jastin Getji, Dastin Pore. Va ularning har biri bilan yorqin jang ko'rsatdi. SHu sababli, Maykl bilan bo'lajak to'qnashuv Konorning sog'lig'iga katta zarar etkazishi mumkin. Getji bilan uchrashuv bundan ham xavfliroq. U shunchaki Poreni sindirdi va u buni chiroyli tarzda amalga oshirdi. Jastin darajasining eng yuqori cho'qqisida, shuning uchun u irlandiyalikni osongina yo'q qilib yuborishi mumkin.

Bu fonda eng yaxshi variant Diaz bo'lib ko'rinadi. 2016 yilning avgust oyida Konor bilan bo'lib o'tgan so'nggi bahsdan beri Neyt bor-yo'g'i to'rtta jang o'tkazdi. Xorxe Masvidal va Leon Edvards mag'lub bo'ldi, Entoni Pettis va Toni Fergyuson g'alaba qozondi. Ammo, umumiy olib qaraganda, hozirgi Stokton gangsterining sport formasi ideal darajadan uzoq ekanligi aniq. Pol bilan bo'lgan jangda ham xuddi shunday ko'rindi. Agar blogerning o'rnida mahoratliroq raqib bo'lganida, Neyt dastlabki raundlardayoq nokautga uchragan bo'lardi, degan fikr ham yo'q emas.

Konor tajribali jangchi. Va u Diaz bilan jang UFC'ga og'riqsiz qaytishga yordam berishini yaxshi biladi. Ammo Makgregorning o'zi buni rostdan ham xohlaydimi, degan katta savollar tug'iladi. Yoki Neyt bilan boks qoidalariga ko'ra  jang qila oladimi? Ular boksda ko'proq pul topishlari mumkin.


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing