27 iyu 08:20
Yangiliklar
Budapesht Gran-prisida 55 davlat orasida 11-o'rinni egalladik
Dunyoning 55 davlatidan kelgan sara dzyudochilar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada 7 nafar sportchimiz ham ishtirok etdi. Yakunda terma jamoamiz 1ta kumush hamda 3ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 55 davlat orasida 11-o'rinni egalladi.
Jamoamizga yagona kumush medalni -100 kg vazn toifasidagi vakilimiz Soyib Qurbonov keltirdi. U final bellashuvida gollandiyalik Maykl Korrelga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medallarini Gulnoza Matniyozova, Rishod Sobirov va SHarofiddin Lutfullaevlar qo'lga kiritishdi.
Dzyudo vatani hisoblangan Yaponiya terma jamoasi 4ta oltin, 3ta kumush, 2ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Sloveniya va Germaniya terma jamoalari joy olishdi.
Eslatib o'tamiz, Rio Olimpiadasida 8 nafar dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev, Rishod Sobirov, Mirali SHaripov, SHahzodbek Sobirov, SHerali Jo'raev, Soyib Qurbonov, Abdullo Tangriev hamda Gulnoza Matniyozovalar ishtirok etishadi. Olimpiya o'yinlarining dzyudo bellashuvlari 6-12 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar