03 iyu 13:28
Yangiliklar
Futbol

Buenos-Ayresda Messini termaga qaytishini so'rab miting uyushtirishdi
Kecha Buenos-Ayresdagi markaziy ko'chalardan biriga yuzlab insonlar to'planib, Lionel Messini terma jamoaga qaytishini so'rab miting tashkil qilishdi.
Kuchli yomg'irga qaramay, odatda Argentina terma jamoasining g'alabalari nishonlanadigan maydonda miting bo'lib o'tdi. To'planganlar turli bannerlarni ko'tarishdi va qo'shiqlar aytishdi.
Messi Amerika Kubogi finalida CHilidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Argentina terma jamoasidan ketishi haqida elon qilgandi. Undan keyin yana 6 nafar futbolchi termadan ketishga qaror qilishdi.
Havola :
Fikrlar