13 okt 19:45
Yangiliklar
Futbol

Buffon Konteni himoya qildi
"Yuventus" posboni Janluijji Buffon "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte haqida gapirdi.
"Konteni yaxshi ko'raman. U mening jamoadagi ilk yaqin do'stim, sardorim, "Yuventus" va termadagi murabbiyim bo'lgan. Uni ajoyib inson deb bilaman va shu boisdan hech nimada ayblamayman. U professional va jamoa bilan yaxshi kelishadi.
Agarda jamoa u istagandek o'ynay olmasa, tunlari uxlamaydi. "Yuventus" muxlislarini tushunaman, ammo jamoa bilan ko'plab narsalarga erishgan murabbiy bilan bunday munosabat qilib bo'lmaydi", - dedi Buffon.
Oldinroq "Yuventus" muxlislari ovoz yig'ib, uni "Inter"dan bo'shatishmoqchi bo'lishgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar