13 fev 10:28
Yangiliklar
Futbol

Buffon yana bir marta ECHL tarixiga kirdi
Jiji Buffon kecha 1/8 finalning dastlabki o'yinida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
MYUga qarshi bahsda PSJ darvozasini Janluji Buffon qo'riqladi. Italiyalik posbon uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Natijada 41 yoshli Buffon musobaqa tarixida 50 ta “quruq” o'yin o'tkazgan uchinchi raqamli darvozabonga aylandi. Jiji musobaqada umumiy hisobda 121 ta o'yin o'tkazgan.
Buffondan oldin bu marrani Iker Kasilyas (174 ta o'yindan, 57 tasi “quruq”) va Edvin van der Sar (98 ta o'yindan 51 tasi “quruq”) bosib o'tgandi.
Havola :
Fikrlar