11 fev 10:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar, Futbol			    
				
				
			
				Bugun 13:00. Iroq - O'zbekiston
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati yakuniy pallaga etib keldi vabugun musobaqaning g'olib va sovrindrlari aniqlanadi.
			O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda Iroq futzalchilari bilan to'qnash keladi. Eron esa Yaponiya bilan chempionlik masalasini hal qiladi. Har ikki bellashuv Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o'tkaziladi.
Nominal mezbon sifatida maydonga tushadigan Iroq termasi oq liboslarda, O'zbekiston terma jamoasi esa ko'k formalarda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Iroq – O'zbekiston uchrashuvi bugun, 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.

            Havola            :         
                    Manba                : the-uff.com
            
			
Fikrlar