15 okt 09:41
Yangiliklar

Bugun 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek afsonaviy Vishvanatan Anand bilan hisob-kitob qiladi
Mukofot jamg'armasi 433 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Swiss turnirida O'zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda 15 yoshli xalqaro grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattarov himoya qilmoqda. Qosimjonov 2657, Abdusattarov esa 2608 reyting ochkosiga ega.
Musobaqada muvaffaqiyatli dona surayotgan istedodli shaxmatchimiz, 15 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 5 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 10-o'rinni egallab turibdi. Turnirda 106-raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz ketma-ket ikki xalqaro grossmeysterni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Bugun Abdusattorov 3 ochko jamg'arib turgan sobiq jahon chempioni, hindistonlik xalqaro grossmeyster Vishvanatan Anand (2765)ga qarshi qora donalarda harakat qiladi. Bu bahsga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori.
Fikrlar