So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

10 fev 12:49
Yangiliklar

Futbol

Bugun 16:00. "Paxtakor" - "SHabab Al Ahli"

Bugun qitamizda Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslari start oladi.

Ketma-ket uchinchi mavsum “Paxtakor” mavsumni xalqaro maydondagi ishtiroki bilan boshlab beradi. Ilk o'yin bu safar BAAning eng kuchli jamoalaridan biri, ayni paytda o'z chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “SHabab Al Ahli” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Dubay shahrining ushbu klubi oxirgi yillarda mavqeini mustahkamlab, sovrinlarni qo'lga kiritib kelmoqda.

“Paxtakor” mazkur o'yinga tayyorgarlik doirasida Toshkent va BAAning Abu Dabi amirligida o'tgan yig'in, shuningdek, nazorat uchrashuvlari o'tkazdi. BAAdagi yig'inda “Rostov” (1:1), “Jilina” (0:0) va “Suvon Samsung” (1:0) bilan bellashuvlar tashkil etildi. “SHabab Al Ahli” esa BAA chempionati uchrashuvlarida maydonga tushdi.

“SHerlar” bu raqibga qarshi 6 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “SHabab” va to'rttasi “Ahli”ga qarshi o'tkazilgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “SHabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog'da qoldirilgan. Demak, umumiy hisobda 6 bahsdan 5tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 10 to'p kiritilib, 5 gol o'tkazib yuborilgan.

O'yinni jamoalardan diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborishga majbur futbolchilar mavjud emas. Uchrashuvni iordaniyalik hakamlar boshqaradigan bo'ldi. Bosh hakam sifatida Adham Muhammad Tuma Mahadmeh ishlaydi. Ushbu referi o'tgan yili Eronda “Persepolis”ga qarshi kechgan bahsni boshqarib borgan. O'shanda 1:1 natijasi qayd etilgandi. Mahadmeh “Paxtakor” ishtirokidagi boshqa o'yinlarda hakamlik qilmagan.


Uchrashuv komissari sifatida koreyalik No Jin Kyun tayinlangan bo'lsa, hakamlar nazoratchisi Kuvaytdan Saad Komil Alfadhli bo'ladi.

"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi

CHempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi 17 uchrashuvda maydonga tushgan.

17 bellashuvning 11tasida "SHerlar" g'alaba qozonib, 3tadan o'yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 29 to'p kiritgan "Paxtakor" o'z darvozasidan 15 gol o'tkazib yuborgan. Toshkentda o'tgan 8 bahsning 5tasida "sherlar" zafar quchgan, bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etilgan. Safardagi 9 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko'rsatkichlar qayd etgan: 6 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. "Paxtakor" BAA klublariga qarshi to'qnashuvlarda o'ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.

"Paxtakor"hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "SHabab", "Jazira" va "Nasr"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tgan. "Ahli" va "SHabab" birlashishidan avval o'tkazilgan bahslarda "Paxtakor" 6 uchrashuvdan 5tasida zafar quchib, bir bor mag'lubiyatga uchragan.

"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
"Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al SHabab": 1:0, 1:2
"Al Jazira": 3:1, 3:0
"Al Nasr": 2:1

Ushbu uchrashuv oldidan o'tkazilgan mitingda jamoalarning ertangi o'yinda harakat qiladigan liboslari rangi malum qilindi. Unga ko'ra, "Paxtakor" sariq-ko'k rangli liboslarda o'ynasa, mehmon "SHabab Al-Ahli" yashil rangli liboslarda o'ynaydi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing