12 dek 11:45
Yangiliklar

Bugun 16:00da ECHL pley-off bosqichiga qura tashlanadi
Bu bosqichda guruhda birinchi bo'lganlar ikkinchi o'rinni band etganlarga qarshi o'ynaydi. Bir mamlakat klublari va bir guruhda bo'lgan klublar to'qnash kelishmaydi.
Guruh g'oliblari: Arsenal, Lester (ikkisi – Angliya), Atletiko, Barselona (ikkisi – Ispaniya), Borussiya Dortmund (Germaniya), Yuventus, Napoli (ikkisi Italiya), Monako (Franciya).
Ikkinchi o'rin: Benfika, Portu (ikkisi – Portugaliya), Bavariya, Bayer (ikkisi – Germaniya), Manchester Siti (Angliya), PSJ (Franciya), Real, Sevilya (ikkisi – Ispaniya).
Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16.00da boshlanadi.
Guruh g'oliblari 1/8 finalning ilk uchrashuvini (14/15 va 21/22 fevral) safarda, javob o'yinlarini esa (7/8 va 14/15 mart) – uyda o'tkazishadi.
Fikrlar
Hala Madrid!!!