19 noy 09:33
Yangiliklar

Bugun 17:00. O'zbekiston - Falastin
Dastlabki turda to'qnash kelgan va Falastinning sensacion g'alabasi bilan tugagan o'yinni hali ko'pchilik unutgani yo'q. Demak bugun o'sha mag'lubiyat uchun revansh olinishi va guruhda birinchi o'ringa qaytish juda ham zarur.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi soat 17:00da boshlanadi. O'yinni Navaf SHukralla boshchiligidagi bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O'zbekiston va Falastin terma jamoalari shu kunga qadar o'zaro 4 marta o'yin o'tkazishgan. 3 marta vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bitta uchrashuvda raqiblar ustun kelishgan.
Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar:
09.06.2004 O'zbekiston - Falastin 3:0 | JCH-2006 saralashi
08.09.2004 Falastin - O'zbekiston 0:3 | JCH-2006 saralashi
13.12.2014 O'zbekiston - Falastin 1:0 | O'rtoqlik uchrashuvi
05.09.2019 Falastin - O'zbekiston 2:0 | JCH-2022 saralashi
Fikrlar