So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

11 okt 09:40
Yangiliklar

Futbol

Bugun 18:00. “Bunyodkor” stadioni: O'zbekiston - Xitoy

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

Xitoy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichini omadsiz tarzda boshladi. Birinchi turda Janubiy Koreya mehmoni bo'lgan chin yurti vakillari 2:3 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Ikkinchi turda Eron bilan o'z maydonida 0:0 hisobi qayd etilgach ko'pchilik Xitoy saralashni yaxshi boshladi deb hisoblagandi. Biroq uchinchi turda Gao Xongo shogirdlari kutilmaganda Suriyaga 0:1 hisobida yutqazib qo'yib muxlislarning keskin tanqidiga uchrashdi. Ko'pchilik terma jamoaning salbiy natijalari tufayli bosh murabbiy ishdan ketishini so'ramoqda.


O'zbekiston esa uchinchi bosqichni ketma-ket ikki g'alaba bilan boshladi. Dastlab Toshkentda Suriya, keyin Doxada Qatar bir xil 1:0 hisoblarida taslim qilindi. Oxirgi turda Toshkentda Eronga 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi.

O'zaro o'yinlar

O'zbekiston va Xitoy shu kunga qadar o'zaro 10ta o'yin o'tkazishgan. Bu bahslarning 5tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Bir marta durang kuzatilgan. Qolgan 4ta uchrashuvda xitoyliklar zafar quchishgan.

To'plar nisbatidagi ustunlik ham O'zbekiston tomonida: 16-13.

1994 yil Osiyo o'yinlari

O'zbekiston - Xitoy 4:2

1996 yil Osiyo kubogi

Xitoy - O'zbekiston 0:2

2001 yil JCH-2002 saralashi

Xitoy - O'zbekiston 2:0

2001 yil JCH-2002 saralashi

O'zbekiston - Xitoy 1:0

2007 yil O'rtoqlik uchrashuvi

Xitoy - O'zbekiston 3:1

2007 yil Osiyo Kubogi

O'zbekiston - Xitoy 3:0

2011 yil Osiyo Kubogi

O'zbekiston - Xitoy 2:2

2011 yil O'rtoqlik uchrashuvi

Xitoy - O'zbekiston 1:0

2013 yil O'rtoqlik uchrashuvi

Xitoy - O'zbekiston 1:2

2015 yil Osiyo Kubogi 2015

Xitoy – O'zbekiston 2:1

Diskvalifikaciyalar

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston tarkibida Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov sariq kartochkalari soni 2taga etgani bois maydonga tusha olishmaydi. Xitoy himoyachisi Jang Linpeng ham aynan shu sabab bilan Toshkentdagi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Ranglar

O'zbekiston futbolchilari ko'k rangli liboslarda harakat qiladilar. Raqiblarimiz Xitoy terma jamoasi futbolchilari esa sariq rangli futbolkalarda maydonga tushadilar.

O'zbekistonning Xitoy bilan o'yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash SHabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), .

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Eldor SHomurodov ("Bunyodkor"), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).

Xitoyning O'zbekiston bilan o'yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Yang Zi "Beyjing Goan", Gu CHao "Jiangsu Suning", Yan Junling "SHanxay SIPG"

Himoyachilar: Du Vei "Xebei", Feng Ksiaoting "Evergrand", Ren Xang "Xebei", Jang CHeng Dong "Beyjing Goan", Li Ksyuepeng "Evergrand", Jao Mingjian "SHandon Luneng", Jiang Zipeng "Guanchjou RF"

Yarim himoyachilar: YU Xai "SHanxay SIPG", Xao Junmin "SHandon Luneng", Vu Ksyu "Jiangsu Suning", Vu Lei "SHanxay SIPG", Xuang Boven "Evergrand", Jiang Ning "Xebei", Kay Xuikang "SHanxay SIPG", Zang Xize "Beyjing Goan", Zang Ksiaobin "Jiangsu Suning"

Hujumchilar: Gao Lin "Evergrand", Yang Ksyu "SHandon Luneng", Jang Yuning "Vitess", Gollandiya.

O'zbekiston - Xitoy

11 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00

Hakamlar: Xettikamkanamge Dilan Perera, Palliya Guruge Priyanga Namal, Palitya Xematuxunga, Kuttiappa Rajakrishna (barchasi SHri-Lanka)

Komissar: Bakir Abdul Xoliq (Livan)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing