21 apr 09:30
Yangiliklar

Bugun 18:00. "Paxtakor" - "Lokomotiv"
Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv soat 18:00ga belgilangan.
Jamoalar oliy liga doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushishgan. 16 o'yinda "sherlar" zafar quchib, 5 durang va 3 mag'lubiyat kuzatilgan. Kiritilgan to'plar bo'yicha ustunlik "Paxtakor" tomonida - 56:21.
"Paxtakor" mezbonlik qilgan 12 o'yinning 9tasida g'olib chiqqan. Ikki uchrashuv durang bilan yakunlanib, bir marta "Lokomotiv" safardan yutuq bilan qaytgan. O'zaro o'yinlar borasida katta ustunlik "Paxtakor" tarafida ekanini ko'rish mumkin.
21 aprel (juma)
Paxtakor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent)
Fikrlar