13 sen 10:15
Yangiliklar
Futbol

Bugun 19:00, “Bunyodkor” stadioni. “Lokomotiv” – “Al Ayn”
Bugun Osiyo chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvi doirasidagi “Lokomotiv” – “Al Ayn” o'yini bo'lib o'tadi.
Uchrashuv soat 19:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Dastlabki o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Bugungi uchrashuvni singapurlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
FIFA referisi Muhammad Taqiga qanotlarda Jeffri Gox hamda Ronnie Kox Min Kiatlar yordam berishadi. Muhammad Taqi 1986 yilda tug'ilgan va 2012 yildan buyon xalqaro o'yinlarni boshqarib kelmoqda.
“LOKOMOTIV” (O'zbekiston) – “AL AYN” (BAA)
13 sentyabr 2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Muhammad Taqi (Singapur)
Qanot hakamlari: Jeffri Goh, Ronnie Koh Min Kiat (ikkisi Singapur)
Zaxira hakami: Yansen Fu (Singapur)
Komissar: Munem Fakxouri (Iordaniya)
Havola :
Fikrlar