So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

12 okt 10:43
Yangiliklar

Futbol

Bugun 19:20. BAA - O'zbekiston

Teglar :  BAAO'zbekiston
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Dubay shahrida BAA terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

BAA terma jamoasiga iyul oyida kolumbiyalik Xorxe Luis Pinto bosh murabbiy etib tayinlangan edi. O'z paytida Gonduras va Kosta Rika terma jamoalari bilan jahon chempionatida ishtirok etgan ushbu murabbiy BAA terma jamoasini ham mundialga olib borishga vada bermoqda.

Unga O'zbekiston terma jamoasida Ektor Kuperga yordam bergan murabbiy Muhammad Fayoz yordam bermoqda.

Bosh murabbiy O'zbekiston bilan bahsga 29 nafar futbolchisini chaqirgan. Ular orasida uch nafar mahalliylashtirilgan futbolchilar ham bor. Bular Kayo Kanedo (Braziliya), Fabio de Lima (Braziliya) va Sebastyan Talyabue.

Fabio de Lima BAA chempionatining 2014/15 yilgi mavsumida O'zbekiston fuqarosi sifatida o'ynagandi. Ammo braziliyalik futbolchi qaerda, qachon va qay tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga ega bo'lgani sirligicha qolmoqda. Malumot uchun, 2014 yilning oktyabr oyida saytimiz orqali mazkur fuqarolik pasporti soxta bo'lib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Argentinada tug'ilgan Sebastyan Talyabue ham BAA fuqaroligini oldi va ilk bor terma jamoa safida maydonga tushishga yaqin.

BAAning O'zbekiston bilan o'yinga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:


Ali Xasif, Xolid Issa, Odil Al Husani, Muhammad Bargxash, Abdulaziz Haykal, Xalifa Al Hammadi, Muhammad Marzuq, Ismoil Ahmad, Volid Abbos, Faris Juma, Yussuf Jobir, Salim Rashid, Hamis Ismoil, Majid Surur, Tariq Ahmad, Muhammad Al Attas, Ahmad Barman, Fabio de Lima, Jassim Yoqub, Bandar Al Ahbabi, Xalfan Muborak, Xolid Bavazir, Tahnun Al Zaabi, Halil Al Hammadi, Kayo Kanedo, G'arib Abdulloh Suhail, Ali Mabhut, Ahmad Halil, Sebastyan Talyabue.

O'zbekiston terma jamoasining BAA bilan o'yin uchun futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Rahimjon Davronov ("Mashal")

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Jasur Yaxshiboev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Paxtakor").


Bu jamoalar hozirga qadar 16 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Ertangi bahs 17-o'zaro uchrashuvga aylanadi.

Takidlash lozimki, O'zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Janubiy Koreya va BAAga qarshi 16tadan o'yin o'tkazgan. Bu bizga eng ko'p raqiblik qilgan jamoalar hisoblanadi. Ertaga BAA bu borada rekordchiga aylanib oladi.

BAA O'zbekistonni 9 marta mag'lub etgan. To'rtta uchrashuvda durang qayd etilgan. Vakillarimiz bu jamoani atigi 3 marta taslim qila olishgan xolos.

Terma jamoamiz BAA bilan 16ta o'yinda 17ta gol urishga erishgan. Eng ko'p gol Server Jeparov hisobida - 3ta. Nikolay SHirshov 2ta gol urgan. Ayni paytda terma jamoamiz tarkibida bo'lib turganlar orasida faqat Igor Sergeev oldin BAA darvozasini ishg'ol qila olgan holos.

O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi Dubay shahrida bunga qadar 3 marta o'yin o'tkazib umuman g'alaba qozona olmagan ekan - 2ta durang, 1ta mag'lubiyat.


Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi 12 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:20da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing