23 apr 09:31
Yangiliklar

Bugun 20 000 dollar sovrin jamg'armasiga ega “Tashkent Open XII” xalqaro turniri boshlanadi
Musobaqada 13 mamlakatdan kelgan 200ga yaqin shaxmatchilar g'oliblik yo'lida o'zaro raqobatlashadi. O'z tarixida o'n ikkinchi bor o'tkazilayotgan xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi.
O'zbekiston, Ispaniya, Belgiya, Ukraina, Belarus, Rossiya, Moldova, Qozog'iston, Tojikiston kabi kuchli shaxmatchilarga ega bo'lgan terma jamoalar musobaqada g'oliblikka asosiy davogar hisoblanmoqda.
Bugun soat 14:00da “Tashkent Open XII” xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Belaruslik xalqaro grossmeyster Kiril Stupak (2556) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Hamyurtimiz xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov (2542) to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
Fikrlar