24 avg 08:45
Yangiliklar

Bugun 20:00. O'zbekiston - Burkina-Faso uchrashuvi
Mazkur uchrashuv terma jamoamiz uchun Jahon chempionati 3-saralash bosqich ilk turidan o'rin olgan Suriyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Aynan Burkina-Fasoga qarshi o'yindan so'ng milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan 1 sentyabr kungi Suriyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini elon qiladi.
Bugun o'tkaziladigan uchrashuvda xorijda to'p tepayotgan futbolchilarimiz – Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov maydonga tushmaydi. Ular kechroq terma jamoa safiga kelib qo'shilishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Burkina-Faso uchrashuvi bugun “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. Ushbu bahsni boshqarish hamyutimiz FIFA referisi SHerzod Qosimovga ishonib topshirilgan. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Ruslan Serazitdinov yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Dmitriy Pislegin tayinlangan.
Fikrlar