So’nggi yangiliklar

11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0

27 fev 10:39
Yangiliklar

Futbol

Bugun 2020 yilgi Superliga boshlanadi. “Paxtakor” “Navbahor” bilan o'ynaydi

2020 yilgi Superliga Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bilan boshlanadi.

Faqatgina ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi. Demak, bu to'qnashuvlarni klassik qarama-qarshilik turkumiga kiritish mumkin. Tomonlar hozirga qadar 58 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 36 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 9 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 98 gol urilib, 45 to'p o'tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 24tasida "Paxtakor" g'alaba qozonib, 4 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o'z maydonida oxirgi 23 o'yinda 21 g'alaba va 2 durangga erishib, umuman mag'lubiyatga uchramagan. O'z o'pnida shuni takidlash joizki, “Navbahor” Andrey Kanchelskis murabbiyligida Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan. Poytaxtda 2018 yili o'tkazilgan o'yinda 0:0, 2019 yili bo'lib o'tgan bahsda esa 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan.

O'zaro o'yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o'tgan bellashuvida kuzatilgan. O'shanda "Paxtakor" namanganliklarni o'ta yirik hisobda dog'da qoldirgan. Jami 8 marta "sherlar" namanganliklarni yirik natijalar bilan tor-mor keltirgan. Bu safar mavsumning ochilish uchrashuvida jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi.

"Paxtakor" safiga yangi mavsum oldidan Eren Derdiyok (SHveycariya), Umar Eshmurodov, Anzur Ismoilov, Asadbek Sobirjonov va Abror Ismoilov kabi yangi futbolchilar kelishdi.


"Navbahor"ga yangi mavsumdan oldin Xurshidbek Muxtorov, Islom Isoqjonov, Husayn Ergashboev, Javlon Ibrohimov, Islom Abdullaxonov, Islom Rashidxonov, Tohir SHamsitdinov, Anvar Hojimirzaev, Sardor Telyakov, Ruslan Bolov (Rossiya), Zabihillo O'rinboev va SHahzod Hamidov kabi futbolchilar qo'shilishdi.

"Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi uchrashuv 27 fevral, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing