So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

16 dek 10:32
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Bugun 2030 yilgi Osiyo o'yinlari mezboni aniqlanadi

Bugun O'monning Maskat shahrida bo'lib o'tayotgan OOKning 39-Bosh Assambleyasida 2030 yilgi Osiyo o'yinlari mezboni aniqlanadi.

Bu qita O'yinlarini tashkil etishga Qatarning Doxa va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlari davogarlik qilishmoqda.

“Qiyin kelgan yilimiz oxirida Bosh Assambleyamizni o'tkazish uchun olimpiya harakatimiz birlashganidan juda mamnunmiz. Biz juda muhim uchrashuvda ishtirok etish uchun kela olgan Milliy olimpiya qo'mitalari rahbarlariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz, shuningdek cheklovlar sababli uchrashuvimizda shaxsan ishtirok eta olmayotgan boshqa MOQ rahbarlari duch kelgan murakkab vaziyatlarini tushunib turibmiz”, – dedi OOK prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Sabah.

OOK prezidenti, shuningdek Osiyo Olimpiya Kengashining baholovchi qo'mitasi noyabr oyida davogar har ikki shaharda bo'lganligi va Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun ishlab chiqilgan rejalar, muhim dasturlar, jahon standartlariga javob beradigan sport infratuzilmalarining mavjudligi, shuningdek ulardagi ulkan zavq-shavq va ruhlanish o'zlarida juda katta taassurot qoldirganini takidladi.

2030 yilgi Osiyo o'yinlari mezboniga ovoz berish hatto Maskatdagi uchrashuvda hozir bo'lgan MOQ rahbarlari uchun ham onlayn tarzida o'tkaziladi.

OOK Bosh Assambleyasi yig'ilishida O'zbekiston nomidan Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, Markaziy Osiyo MMA konfederaciyasi raisi Otabek Umarov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi, Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o'yinlari direktori Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosarlari Saken Polatov, Azizjon Kamilov, MOQ raisi maslahatchilari Iskandar SHodiev va SHerzod Asatullaev, O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahrom Gaziev, shuningdek, Toshkent shahar hokimiyati vakillari ishtirok etishmoqda. Assambleyaning biz uchun ahamiyatli jihati, bugun OOK va O'zbekiston tomoni o'rtasida 2025 yilda Toshkentda yoshlar Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha shartnoma rasman imzolanadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlari birinchi marotaba 1951 yilda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o'tkazilgan edi. XIX Osiyo o'yinlari Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yil 10-25 sentyabrda, XX Osiyo o'yinlari Yaponiyaning Ayti-Nagoya shahrida 2026 yilning 19 sentyabridan 4 oktyabrigacha bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing