So’nggi yangiliklar

14:01ИНТЕРВЬЮ. Тўлқин Қиличев қаерда хато қилганини айтди 0 13:40Арина Соболенко Emirates элчиси бўлди + ФОТО 0 13:19Абдулрашид "Рус танки" Садулаев RAF Лигаси билан шартнома имзолади 0 12:58ЕЧЛнинг ўтган мавсумида ким қанча ишлаб олди? 0 12:37UFC Илия Топурияни чемпионликдан маҳрум қиладими? 0 12:16Шу ой ўтказиладиган ва мағлубиятсиз боксчимиз рингга чиқадиган IBA турнири карди тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:55Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди ва рақиби билан юзма-юз келди (ВИДЕО) 0 11:34"Реал Мадрид"нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум 0 11:13Дана Уайт Макгрегор ва Чендлер жангига оид янгиликни маълум қилди 0 10:52Етти вазнда жаҳон чемпиони Кайла Харрисонни алмаштиришга тайёр 0 10:30"Мен қайтдим". Анкалаев Перейрага учралган нокаутдан сўнг тилга кирди 0 09:43Абдуқодир Ҳусанов рамзий терма жамоадан жой олди 0 09:22Усик янги промоутер билан шартнома имзолайди, жанг 150 минглик аренада ўтказилади 0 09:01Рақамланган UFC 326 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 08:40Cултонов Испания, Шин Тунисдаги турнир 1/8 финалида кортга чиқди 0

12 iyu 09:15
Yangiliklar

Futbol

Bugun. 21:45. JCH-2018 saralash o'yini. Eron - O'zbekiston

Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eron bilan o'ynaydi.

Ikkala jamoa uchun uchun mazkur bahsning ahamiyati qanchalik yuqori ekanini tushuntirib o'tishning hojati yo'q. Eron g'olib bo'lsa muddatdan oldin Jahon chempionatiga yo'llanma oladi, O'zbekiston g'olib bo'lsa, ikkinchi to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati ancha oshadi. 


O'zaro o'yinlar

Bu ikki jamoa bugunga qadar 7 marta to'qnash kelishgan.

1998 yil Tailandda o'tgan Osiyo o'yinlari chorak finalida Eron vakillarimizni 4:0 hisobida taslim qilgandi. 2007 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan bahsda ham Eron g'olib bo'lgan - 2:1.

2009 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Bahsda hisob ochilmagan edi - 0:0. 2012 yil JCH-2014 saralashi doirasida bu ikki jamoa Toshkentdagi "Jar" stadionida bellashishgan. Uchrashuvda mehmonlar so'nggi daqiqalarda gol urib g'alabani ilib ketishgandi - 0:1.

O'sha yil noyabr oyida Tehronda o'tgan o'yinda Ulug'bek Baqoevning urgan goli O'zbekistonga qarama-qarshilikdagi birinchi va hozircha yagona g'alabani keltirgan edi - 0:1.

2015 yilda Toshkentda bu ikki jamoa yana bir marta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishgan. Bu safar forslar bitta gol evaziga safarda g'alabaga erishishgandi - 0:1.

O'tgan yil oktyabr oyida Toshkentdagi bahsda forslar Jalol Hussayni tomonidan urilgan gol evaziga g'alaba qozonishgandi - 0:1. 

Eron va O'zbekiston o'rtasidagi 7ta o'yinning bittasida vakillarimiz, 5tasida forslar g'olib chiqishgan. Faqat bir bor durang qayd etilgan. To'plar nisbati 9:2 Eron foydasiga.


Yo'qotishlar

O'zbekiston terma jamoasi safida bir qator yo'qotishlar mavjud. Jumladan, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Aleksandr Merzlyakov kabi futbolchilar Tailand va Eronga qarshi o'yinlarda maydonga tushmasligi ancha oldin malum bo'lgan edi.

Keyinroq shifokorlar tavsiyasiga ko'ra Odil Hamrobekov milliy terma jamoa lagerini tark etib, “Nasaf” ixtiyoriga yuborildi. Tailand bilan o'yinda jarohat olgan Marat Bikmaev Eronga bormasligi malum bo'ldi.


O'zbekistonning o'yin uchun tarkibi: 

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya);

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).


Darvozabonlar: Alirizo Beiranvand (“Persepolis”), Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Mazaheri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Saipa”);

Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Vitess”, Gollandiya), Sayid Jalol Hussayni (“Persepolis”), Muhammad Ansari (“Persepolis”), Hussayn Mahini (“Persepolis”), Pejman Muntazari (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milad Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Said Agxoi (“Traktorsozi”);

Yarim himoyachilar: Izzatulloh Purgaz (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Anji”, Rossiya), Ehson Xajisafi (“Sepaxon”), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Masud SHojai (“Panionios”, Greciya), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Zob Ahan”), Alirizo Jahonbahsh (“AZ Alkmaar”, Gollandiya), Mehdi Turobi (“Saipa”), Vohid Amiri (“Persepolis”);

Hujumchilar: Mehdi Taremi (“Persepolis”), Rizo G'ochannajod (“Xeerenven”, Gollandiya), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”, Greciya), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).


JCH-2018 saralashi. 3-bosqich. 8-tur
ERON – O'ZBEKISTON
12 iyun 2017. Tehron. “Ozodi” stadioni. 21:45 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Ahmad al-Kaf, Hamid Al Mahayi, Abu Bakar Al Amri, Umar Al Yoqubiy (Ummon)
Nazoratchi: Subhiddin Muhammad Solih (Malayziya)
Komissar: Kaise Tomoxiro (Yaponiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing