So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

30 sen 09:07
Yangiliklar

Futbol

Bugun 22:45. "Persepolis" - "Paxtakor"

"SHerlar" CHempionlar Ligasi chorak finalida Eronning "Persepolis" jamoasi bilan to'qnash keladi.

"Paxtakor" ushbu raqib bilan OCHLda 3 marta maydonga tushib, 2 g'alaba va bir durangni qayd etgan. 2003 yil Anvar Solievning yagona goli g'alaba keltirgan bo'lsa, o'tgan yili guruh bosqichida Tehronda 1:1 (Marat Bikmaev) va Toshkentda 1:0 (Igor Sergeev) natijasi kuzatilgan.

Osiyo klublari musobaqalarida "Paxtakor" Eron jamoalari bilan 20 marta to'qnash kelib, 14 o'yinda zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 30 to'p kiritilib, 17 gol o'tkazib yuborilgan.

"Persepolis" Eronning eng sovrindor klubi sanaladi. Tehronliklar 13 marta Eron chempionati, 6 bor Eron Kubogi va 3 bor Eron Superkubogini qo'lga kiritgan. Yakuniga etgan mavsumda aynan ushbu jamoa chempionlikka erishdi. Jamoani bir necha yillar klubda o'ynagan Yahyo Golmuhammadi boshqarib kelmoqda.

Raqib safida qizil kartochka olgani sababli himoyachi Siamak Nemati maydonga tusha olmaydi. "Paxtakor"da esa diskvalifikaciya tufayli yo'qotish mavjud emas.

"Persepolis" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 30 sentyabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da Doxadagi "Jassim Bin Hamad" stadionida boshlanadi.

"Persepolis"ning CHempionlar Ligasi uchun futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar

34. Amirmuhammad Yusufi

44. Bozidar Radosevich (Xorvatiya)

63. Amirhussayn Bayat

81. Hamid Lak

Himoyachilar

3. SHojai Halilzoda

4. Said Jalol Hussayni

6. Muhammadhussayn Kanani

15. Muhammad Ansari

17. Mehdi SHiri

28. Muhammad Nodiri

38. Ehson Hussayni

77. Said Og'ayi

88. Siamak Nemati

Yarim himoyachilar

2. Omid Alishoh

5. Bashar Resan (Iroq)

8. Ahmad Nurollohi

11. Kamoliddin Kamyabinia

14. Ehson Pahlavon

18. Muhsin Rabixon

19. Vohid Amiri

23. Ali SHojayi

26. Said Hussaynpur

66. Milad Sarlak

Hujumchilar

16. Mehdi Abdi

20. Amir Rustoyi

25. Aria Barzegar

36. Arman Ramazoni

72. Isa Alkasir

Osiyo chempionlar ligasi, 1/4 final.

"PERSEPOLIS" (Eron) - "PAXTAKOR" (O'zbekiston)

30 sentyabr 2020 yil. Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni. 22:45 (Toshkent vaqti).

Bosh hakam: Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)

Qanot hakamlari: Ahmad Moannes Nadi Alroalle, Muhammad Mustafo Hassan Al Kalaf (ikkisi Iordaniya)

Zaxira hakami: Ali Sabah Adday Al Qaysi (Iroq)

Nazoratchi: Hoqon Anaz (Avstraliya).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing