So’nggi yangiliklar

11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0 10:32Ана холос! Қозоғистонлик жаҳон чемпиони рафиқасига нисбатан шафқатсиз зўравонликда айбланмоқда! 0 09:47Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис сайланди 0 09:02ЎФАга очиқ савол: терма жамоаларга мураббий тайинлашда қачонгача “эксперимент” қилинади? 0 19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0

20 may 10:16
Yangiliklar

Futbol

Bugun 23:55. "Al Ahli" - "Paxtakor". Pley-off yo'llanmasi uchun o'yin!

Teglar :  OCHLAl AhliPaxtakor
Bugun 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-tur o'yinlari start oladi.

O'zbekiston vice-chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubi Saudiya Arabistonida "Al Ahli" klubi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi. 

Bu o'yin keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kechadi. Yani bu guruhda Qatarning "Al Sadd" klubi 10 ochko to'plab muddatdan avval yo'llanmaga ega chiqqan. Ikkinchi yo'llanma taqdiri esa aynan mana shu o'yinda hal bo'ladi. "Paxtakor"ga keyingi bosqichga chiqishi uchun g'alaba yoki durang etarli bo'ladi. "Al Ahli"ni esa faqat g'alaba qoniqtiradi xolos.

So'nggi tur oldidan «D» guruhidagi holat quyidagicha:

"Al Ahli" haqida

1937 yil Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tashkil etilgan klub uy o'yinlarini "Qirol Abdulloh sports siti" stadionida o'tkazadi. Stadion sig'imi 62000 muxlislga mo'ljallangan. Jamoa ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 4-o'rinni egalladi.

"Ahli" hozirga qadar Saudiya Arabistoni chempionatida 4 marta chempionlikni qo'lga kiritgan. Oxirgi bor bu 2016 yilda ro'y bergan. Qirol Kubogida esa 13 bor g'olib chiqqan. SHuningdek, Superkubokda bir marta g'alaba qozongan. 1986 va 2012 yillarda Osiyo CHempionlar Ligasida final uchrashuvlarida maydonga tushib, har ikkisida mag'lubiyatga uchragan.

"Ahli"ning CHempionlar Ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilari bilan tanishing.

Darvozabonlar

1. Yossir Musaylim
33. Muhammad Alovays
66. Bosim Solih

Himoyachilar
2. Said Muvallad
3. Muhammad Fatil
17. Paulo Diaz (CHili)
20. Ali Zubaydi
23. Abdulloh Hassun
24. Hussayn Sulaymoni
25. Motaz Havsavi
27. Muhammad Zubaydi
30. Hani Ismoil
32. Faysal Muhammad
37. Abdulbosit Hindi
75. Aderlan Santos (Braziliya)

Yarim himoyachilar

7. Salman Muvashar
8. Taysir Jassim
10. Abdulfattoh Asiri
11. Hussayn Moqahvi
15. Abdulaziz SHahrani
16. Nuh Musa
28. Ayman SHafiq
35. Yusuf Harbi
40. Yahyo Qarni
49. Feras G'amdi
77. Omar Zayni

Hujumchilar

9. Omar Soma
14. Muhannad Asiri
21. Jorje Janini (Kapo Verde)
29. Abdulrahmon G'arib

Saudiya Arabistoni klublari bilan bellashuvlar tarixi

"Paxtakor" ushbu jamoaga qarshi 2005 yil CHempionlar Ligasi guruh bosqichida to'qnash kelgan. Jiddada mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishgan bo'lsa, Toshkentda 20 aprel sanasida o'tgan uchrashuvda Leonid Koshelev va Anvar Solievning gollari evaziga 2:1 hisobida "SHerlar" g'alaba qozonishgan. Joriy mavsum Toshkentda Marat Bikmaevning yagona goli "sherlar"ga g'alaba keltirgan.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "Paxtakor" 24 bahsda maydonga tushgan. Ularda 4 g'alaba, 5 durang va 15 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 17 bor ishg'ol qilinib, 48 marta to'p o'tkazib yuborilgan.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al Ahli - 2:1, 0:3, 1:0
Al Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al Nasr - 2:2, 0:4
Al Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 0:4
Al SHabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing