09 noy 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun 4 nafar hamyurtimiz MMA bo'yicha jahon chempionligi uchun oktagonga chiqadi (juftliklar va final jufliklarining boshlanish vaqtlari)
Poytaxtimizdagi "Humo Arena"da o'tkazilayotgan aralash yakkakurash jang sanati turlari, yani MMA bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida hal qiluvchi palla boshlanmoqda.
Bugun kattalar (21 yosh va undan kattalar) o'rtasidagi jahon chempionatida final janglari o'tkaziladi. Bugungi janglarda 4 nafar aralash yakkakurash ustamizga muxlislik qilamiz. Ulardan ikki nafari qozog'istonlik va yana ikkisi franciyalik raqiblariga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Final juftliklari:
52.2 kg: Qarshi Usmonov (O'zbekiston) - Erulan Kabdulov (Qozog'iston)
61.2 kg: Jamshid Tillaev (O'zbekiston) - Sima Samba (Franciya)
65.8 kg: Zafar Rashidov (O'zbekiston) - SHabdan Samgat (Qozog'iston)
97 kg: Asrorbek Anvarjonov (O'zbekiston) - Gassama Bafode (Franciya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar