07 okt 19:01
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun 5 nafar og'ir vaznli dzyudochimiz jahon chempionati medallari uchun kurashadi
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati yakkalik bahslarining so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bugungi murosasiz kechishi kafolatlanayotgan bellashuvlarda terma jamoamizning 5 nafar dzyudochisi medallar yo'lida bahslarga kirishadi.
Kunduzgi dastur bizning vaqt bilan soat 19:30da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning birinchi davradagi uchrashuvlari:
-78 kg: Marjona Ko'chimova — Tania Murillo (Kolumbiya)
+78 kg: Umida Nig'matova — Alisa Kofman (Kanada)/Rujil Stasiulita
-90 kg: Alisher Samanov — Maksim Gordeyko (IJF)/Ivan CHernishenko (Franciya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov — Samuel Korzo (Venesuela)/Gustavo Milano (Braziliya)
+100 kg: Fazliddin Rafikov — Abdelhadi Abusafa (Iordaniya)/Stefan Kovinich (CHernogoriya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar