13 iyu 09:35
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1232_220.jpg)
Bugun Abduraimova Kyujingda Di Jaoga qarshi kortga chiqadi
Xitoyning Kyujing shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat bo'lgan Ay-Ti-Ef toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu
musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning
birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostidan tasniflangan.
Kecha
vakilamiz tailandlik Nicha Lertpitaksinchayni 1 soatu 28 daqiqa davom etgan ilk
davra uchrashuvida 7:5, 6:4 hisobida taslim etgandi. Bugun tennischimiz ikkinchi bosqichda
xitoylik Di Jaoga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi vatandoshi Yuki SHengni 7:6(5),
6:1 hisobida ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar