06 dek 13:42
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Abdusattorov London Chess Classic blic turniridagi ishtirokini boshlaydi
Grossmeysterimiz kecha London shahrida yakuniga etgan London Chess Classic 2025 musobaqasining rapid bahslarida muddatidan avval chempion bo'lgan edi.
Bugundan ushbu turnirning blic, yani tezkor shaxmat yo'nalishidagi bahslari boshlanadi. Bizning vaqt bilan soat 17:00da 1-tur partiyalari o'ynaladi.
“Bu men uchun haqiqatan ham ajoyib turnir bo'ldi. Juda ko'p qiziqarli partiyalar o'ynadim. Aslida har bir o'yin jangovar, juda qiziqarli kechdi. O'z ishtirokimdan chin dildan xursandman”, - dedi Abdusattorov London Chess Classic 2025 musobaqasining rapid bahslaridagi ishtiroki haqida.

Havola :
Manba : Uz chess
Fikrlar