22 dek 10:11
Yangiliklar
Bugun Abdusattorov peshqadamlik qilayotgan turnirda blic bahslari boshlanadi
Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysteri qatorida rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.
Fairmont Baku mehmonxonasida o'tayotgan musobaqaning dastlabki uch kuni shaxmatchilar rapid yo'nalishi bo'yicha bahslashishdi va yakunda hamyurtimiz eng yaqin taqibchisini 2 ochkoga ortda qoldirgan holda g'olibga aylandi. Bugun Nodirbek blic, yani tezkor shaxmat bo'yicha start oladigan turnirdagi ishtirokini ispaniyalik Fransisko Valexoga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Malumot uchun, Vugar Gashimov xotira turniri 2014 yildan beri o'tkazib kelinadi. Ilk musobaqa Vugar Gashimov tug'ilgan SHamkirda o'tkazilgan. Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen to'rt marotaba (2014, 2015, 2018, 2019) musobaqa g'olibi bo'ldi. Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov ikki bor (2016, 2017) chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan. Amerikalik Fabiano Karuana amaldagi (2021) chempion hisoblanadi.
Fikrlar