29 fev 12:37
Yangiliklar
SHaxmat

Bugun Abdusattorov Praga turnirida mezbon grossmeyster bilan o'ynaydi
CHexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo'yicha "Prague International Chess Festival" turniri bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov (2744) ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk turda chexiyalik Nguen Tai Dai Vanni mag'lubiyatga uchratgan, kecha esa 2-turda hindistonlik Vidit Santosh Gujrati bilan durangga imzo chekkandi.
Bugun Praga turnirida 3-tur partiyalari o'ynaladi. Birinchi doskada Nodirbek Abdusattorov oq donalarda chexiyalik David Navara (2667)ga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi tur oldidan hamyurtimiz turnir jadvalida 1,5 ochko bilan uchinchi, Navara esa 1 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar