15 mar 09:16
Yangiliklar
Futbol

Bugun Andijonda vodiy derbisi, Toshkentda esa "Buxoro" mehmon bo'ladi
Bugun O'zbekiston Superligada o'tkaziladigan ikki uchrashuv bilan 3-tur bahslariga yakun yasaladi.
Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z maydonida "Buxoro" jamoasini qabul qiladi. O'tgan tur "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan Namanganning "Navbahor" jamoasi esa vodiy derbisida "Andijon" mehmoni bo'ladi. Har ikkala o'yin ham soat 17:00da boshlanadi.
"Lokomotiv" – "Buxoro"
Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00
Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Rustam CHoriev
"Andijon" – "Navbahor"
Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 17:00
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev, Rahimbek Karimov
Havola :
Fikrlar