So’nggi yangiliklar

01:00Ислом бирдамлиги ўйинлари. Бизда навбатдаги 4 та медаль! 0 20:29Бугунги кун ҳисобида илк медалимиз ОЛТИН бўлди. Умумий медалларимиз 80 тага етди 0 19:29Мария Тимофеева Люксембург турниридаги юришини бошлади 0 19:08Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди 0 18:47Жавоҳир Синдаров ҳам Жаҳон кубоги 1/2 финалида! Финал чиптаси учун ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 18:26Рожер Федерер Халқаро теннис шон-шуҳрат залига киритилади 0 18:05Дубайда ўтказиладиган IBA Жаҳон чемпионатида нечта мамлакат боксчилари қатнашиши айтилди 0 17:42"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди 0 17:21Дана Уайт Фрэнсис Нганнунинг унга қўл кўтарганини эслади 0 17:00Таэквондочиларимизнинг кейинги мусобақаси Бангкок Гран-при челленжи бўлади 0 16:39Саидотахон Нуриддиновнинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 16:18Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда 0 15:57Бу қизиқ! Фабио Уордли чемпион дея эълон қилинган WBO рейтингида Баҳодир Жалолов нечанчи ўринни эгаллаб турибди? 0 15:36Ар-Риёд-2025. Гандболчи қизларимизнинг Туркияга қарши ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:15Хабиб Ислам Махачевнинг Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашишини истамаслигини айтди 0

01 avg 12:01
Yangiliklar

Futbol

Bugun Angliya Kubogida final! Sovrin uchun "Arsenal" va "CHelsi" o'ynaydi

Angliyada mavsum mamlakat kubogi sohibini aniqlash orqali yakunlanadi.

Bu uchrashuv nafaqat jamoalar, balki murabbiylar uchun ham etiborli. Arteta singari Lempard ham "CHelsi"dagi ilk mavsumidayoq sovrin yutib olishi mumkin.

Turnirdagi yo'l

Dastlabki ikki bosqichda "CHelsi" CHempionship vakillari bilan bahslashdi. "Nottingem Forest" 2:0, "Xall Siti" 2:1 hisobida dog'da qoldirildi. "Aristokratlar"ning keyingi yo'li anchagina og'ir kechdi - "Liverpul" (2:0), "Lester" (1:0) va "Manchester Yunayted" (3:1). Ushbu raqiblarning dog'da qoldirilishi albatta Lempardning katta yutug'i bo'la oldi.

"Arsenal"da esa raqiblar kamtarona bo'ldi. Belsaning "Lids"i 1:0, keyinchalik "Bornmut" 2:1, "Portsmut" 2:0 va "SHeffild Yunayted" 2:1 hisobida mag'lub etildi. Yarim finalda esa jamoa ko'pchilik kutmaganda "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Asosiy vaziyatlar

Arteta va Lempard Angliya kubogida qanday yutish kerakligini biladi.

Sovrinlar yutish borasida Arteta Lempardga teng kelolmaydi, lekin ispaniyalikda Angliya Kubogining ikki sovrini bor.

2014 va 2015 yillarda jamoa ketma ket ikki mavsum sovrinni o'ziniki qilgandi. Birinchi holatda Arteta sardor sifatida jamoani final o'yiniga olib tushgandi. G'olib esa qo'shimcha taymlarda aniqlangandi ("Xall Siti" 3:2).

Kelasi mavsumda ispaniyalikning jarohatlari ko'payib ketdi u kubok o'yinlarida umuman o'ynamadi, biroq sovrin uning hisobiga ham yozildi. Finalda "Aston Villa" 4:0 hisobida mag'lub etildi.

Yuqori takidlaganimizdek Lempardda sovrinlar ko'proq. Faqatgina Angliya Kubogi sovrinidan unda 4ta bor. U ushbu qo'lga kiritilgan sovrinlar uchun o'yinlarning barchasida ishtirok etgan. Demak, yosh va g'ayratli Lempard murabbiy sifatida ham sovrinni yutishga haqli.

G'alaba "Arsenal"ga faqatgina sovrindan ham ko'pini beradi

Emeri qo'l ostida "Arsenal" barcha turnirlarda omadsizlikka uchrayotgandi. "Liverpul"ning ikkinchi tarkibiga mag'lubiyat va liga kubogidagi "uchish", chempionatdagi beqarorlik, Evropa ligasida guruh bosqichida qiyinchilik. Arteta kelib, jamoani balansga qo'ya boshladi. Biroq APLda yuqori o'rinlarga ko'tarilish ishlari o'xshamadi. Evropa ligasidagi yurish esa tezda to'xtadi.

Endi kelasi mavsum oldidan jamoa bugungi o'yindagi g'alaba orqali muxlislarga taskin bera oladi. G'alaba "Arsenal"ga Evropa ligasi eshiklarini ochadi. Biroq Angliya klublari Evropa ligasiga katta etibor bermasligini inobatga olsak, bu Artetaning barqaror jamoa tuzishiga ham salbiy tasir qilishi mumkin. Boshqa tomondan "Arsenal" har tomonlama Evropa ligasida favorit jamoa hisoblanadi.

Olive Jiru - "Uembli" qiroli

Jiru "Uembli"ni o'z uyi deb atasa bo'ladi. Franciyalik forvard "CHelsi" bilan ushbu maydonda 4 kubok o'yinida va 3 marta Superkubok bahsida g'alabaga erishgan. "Uembli"dagi so'nggi o'yinida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda gol urishga ham erishdi. 

Iyun oyidan buyon "CHelsi" 11 o'yin o'tkazdi, Jiru shulardan faqatgina bittasini o'tkazib yubordi. Ushbu o'yinlarda forvard 7 marta gol urdi, demak, Lempard uni bugun ham asosiy tarkibda o'ynatsa kerak.

Villian va Sebalosning jamoalaridagi so'nggi o'yinimi?

Frenk Lempard mavsumning boshida ham o'rtasida ham braziliyalik etakchisidan ayrilishiga sal qolgandi. O'shanda klub bir amallab uni jamoada olib qolgandi. Restartdan keyin esa Villian ajoyib natijalar qayd etmoqda - 10 o'yinda 4 gol va 3 assist.

Lempard esa braziliyalikning jamoada qolishini istayotganini bir necha bora aytgandi. Biroq barchasi futbolchining shartnomasi muddatiga borib taqalyapti. SHu bilan birga "Arsenal" Villianga yaxshi shartnoma taklif qilmoqda.

Artetada ham shunga o'xshash holat. Ispaniyalikka Dani Sebalos kerak bo'lmoqda, uning transfer huquqi "Real"ga tegishli. So'nggi o'yinlarda Arteta maydon markazida Sebalos-Jaka juftligini o'ynatmoqda. SHu orqali u jamoaning asosiy miyasini tashkil qilayotgandi.

Biroq yakuniy qarorlar klub rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Katta ehtimol bilan ushbu futbolchilar jamoasidagi so'nggi o'yinlarini o'tkazishadi.

Taxminiy tarkiblar:

"Arsenal": Martines - Tirni, Luis, Xolding - Saka, Jaka, Sebalos, Belerin - Obameng, Lyakazett, Pepe.

"CHelsi": Kabalero - Ryudiger, Zuma, Aspilikueta - Alonso, Kovachich, Jorjino, Jeyms - Villian, Pulishich, Jiru.

Yo'qotishlar unchalik ko'p emas: yaqindagina operaciya qilingan Mustafi oktyabrga qadar safdan chiqqan. "CHelsi"da esa Kante yaqindagina umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Biroq u ham katta ehtimol bilan uchrashuvda qatnashmaydi.

"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi finallarida eng ko'p o'ynagan jamoalar hisoblanishadi - 20tadan. G'oliblik borasidagi rekord esa "Arsenal"ga tegishli - 13ta. "CHelsi"dagi natijalar kamtarroq - 13 final va 8 g'oliblik.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlari so'nggi yillarda yaxshi kechmoqda. Uzoq o'tmishga qaramaymiz, Evropa ligasi finalini eslang, o'shanda "CHelsi" qiyinchilik bilan g'alabaga erishgandi. Uch mavsum oldin esa "Arsenal" kubok finalida "Uembli"da aynan ushbu raqibini mag'lub qilgandi.

Bir tomondan olib qaralganda ushbu top-klublarning bu boradagi barqarorligini olqishlash kerak. Jamoalar o'zi qatnashayotgan turnirlarda hal qiluvchi bahslarga qadar etib bora olishmoqda. APL va ECHL kabi turnirlarda esa ular etakchi maqomida bo'lishmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing