12 sen 11:17
Yangiliklar
Futbol

Bugun APLning yangi mavsumi start oladi
Bugun Angliya Premer-ligasining 2020/21 yilgi mavsumiga start beriladi.
yangilikni yashirish
Mavsumni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadigan London derbisi ochib beradi: "Fulxem" - "Arsenal". SHuningdek, mavsumdagi ikkinchi o'yin ham Londonda tashkillashtiriladi: "Kristal Pelas" - "Sautgempton" (19:00).
Soat 21:30da "Liverpul" o'z maydonida "Lids" sinovdan o'tkazadi. Tungi 00:00da esa "Vest Xem" hamda "Nyukasl" jamoalari ishtirokidagi bahsga start beriladi.
Aslida bugun bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Byornli" - "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" - "Aston Villa" uchrashuvi Manchester shahrining ikki jamoasi o'tgan mavsumni kech yakunlagani sababli boshqa kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar