So’nggi yangiliklar

16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0 13:54Нурсултон Рўзибоев: "Жанг қабул қилинди. Кейинги рақиб — топ!" (ФОТО) 0 13:01Расман. Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев эмас, Шаҳрам Ғиёсовнинг собиқ рақиби билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0 12:23Аргентина жаҳон чемпионатларида янги жамоавий рекорд ўрнатди 0 11:49Иван Поповда Ўзбекистон сафига ўтиш имконияти сақланиб қолди 0 11:21Ислам Махачевга яна бир спорт туридан Россияда хизмат кўрсатган спорт устаси унвони берилди + ФОТО 0 10:55Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026`нинг ҳозиргача урилган энг яхши голини айтди 0 10:27Месси жаҳон чемпионатларида ҳеч кимга насиб этмаган иккита рекорд ўрнатди 0 09:58Ҳумоюн Султонов 1/4 финалда уч сетлик учрашув ўтказди 0 09:26Оскар де ла Хойя Турки Ал аш-Шайхни танқид қилди 0 08:54Жавоҳир Синдаров – Naroditsky Memorial Rapid 2026 ғолиби! 0

15 jan 13:18
Yangiliklar

Futbol

Bugun BAA chempionatida o'zbeklar derbisi - Hamdamov G'anievga qarshi + PREVYU

Teglar :  BAAG'anievHamdamov
Futbol bo'yicha BAA pro ligasining 13-turida "SHabab Al Ahli" jamoasi o'z maydonida "Al Nasr"ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvning o'zbekistonlik muxlislar uchun ahamiyatlisi shundaki, bu turda ular hamyurtlarimizning bevosita o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lishadi. Gap Aziz G'aniev va Doston Hamdamov haqida ketmoqda. 

Yaqindagina Dubayning "Al Nasr" jamoasiga ko'chib o'tgan Hamdamov bir yildan oshiq davomida amirliklarda to'p tepib kelayotgan G'anievning "SHabab Al Ahli" jamoasiga qarshi safarda maydonga chiqadi. Jamoalar shu kunga qadar barcha musobaqalarda o'zaro 37 marotaba to'qnashishgan. 20ta o'yinda "SHabab Al Axli" g'alaba qozongan bo'lsa, 8 ta o'yinda "Al Nasr"ning qo'li baland kelgan. 9 ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Maydon egalari raqib darvozasiga 67 bor yo'l topgan, mehmonlar esa 47ta gol urgan. "SHabab Al Axli"ning eng yirik g'alabasi 5:0, Yurchich shogirdlarining eng yirik g'alabasi esa 4:0. Eng yirik hisobdagi durang 3:3 ko'rinishida bo'lgan. 

Mezbonlar 12 ta uchrashuvda 16 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda ketmoqda. Bu jamoaga yaqinda BAA futbolida katta obro'ga ega bo'lgan mutaxassis Mahdi Ali bosh murabbiy etib tayinlandi. Ispaniyalik Jerard Saragosaga esa qoniqarsiz natijalar tufayli chiqish eshiklari ko'rsatildi. O'zbekistonlik futbolchi Aziz G'aniev barcha uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta gol urish bilan birga jamoadoshlarining 4ta goliga assistentlik qildi. Hakamlar tomonidan 2 bor sariq kartochka bilan jazolandi. Jamoadan 19 yoshlik Igor Jesus 10ta gol bilan to'purarlar poygasida "SHarja" hujumchisi Velliton (11ta gol)dan so'ng ikkinchi pog'onani egallamoqda. 

Doston Hamdamov to'p tepayotgan "Al Nasr"ning qayd etayotgan natijalari chakki emas. Uning jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. 12ta uchrashuvda 24 ochko jamg'argan va 3-o'rinni band qilib turibdi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. Argentinalik futbolchi Sebastyan Talyabue 5ta gol bilan jamoasining to'purarlasi orasida etakchilikni qo'liga olgan. Hamdamov bugun BAA chempionatida debyutini o'tkazishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari Toshkent vaqti bilan soat 18:00da o'zbekistonlik futbolchi Otabek SHukurov o'ynayotgan "SHarja" klubi o'z maydonida "Ittihod Kalba"ni qabul qiladi. "SHarja" 12ta o'yindan 29 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing