17 okt 13:27
Yangiliklar
Bugun Bahodir Jalolov jang qiladi (to'liq kard)
Boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Turnir DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi. Jalolov–Dakres jangi esa bizning vaqt bilan taxminan soat 23:30 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Musobaqaning markaziy bellashuvida britaniyaliklar Deniel Dyubua va Fabio Uordli superog'ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun ikkinchi bor o'zaro to'qnash kelishadi.
Jalolov so'nggi jangini 2026 yil may oyida Agron Smakichiga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. O'zbekistonlik bokschi professional faoliyatida 17 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Ularning 15 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Solomon Dakres esa oxirgi marta 2025 yil iyulida Vladislav Sirenkoga qarshi ringga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan. Britaniyalik bokschining hisobida 10 ta g'alaba, jumladan uchta nokaut va bitta mag'lubiyat bor.
Turnirning to'liq kardi:

Fikrlar