So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

13 okt 07:27
Yangiliklar

Futbol

Bugun Bahraynda Osiyo chempionati start oladi

Bugun, 13 oktyabr kuni Bahrayn poytaxti Manamada futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionat start oladi.

Tarixda 39-marta o'tkazilayotgan musobaqa 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarning jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tib berishi bilan ham ikki karra ahamiyatliroq sanaladi. Bahrayndagi musobaqada Jasur Abduraimov boshqarayotgan yoshlar termasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Osiyo chempionati dastlab OFK Yoshlar CHempionati deb yuritilgan. Keyinchalik uning nomi hozirgi ko'rinishga keltirilgan. Ilk bor 1959 yil o'tkazilgan turnir dastlab har yil tashkil qilib kelingan. Bu holat 1978 yilgacha davom etgan. 1980 yildan keyin esa oraliq 2 yilga cho'zilgan, lekin orada bir marta tanaffus 3 yildan ham iborat bo'lgan.

2016 yilgi Osiyo chempionati Bahrayn poytaxti Manamaning Riffa mavzesidagi “Milliy” stadion va Isa Taundagi “Xalifa Sport shahri” stadionlarida o'tkaziladi. “Milliy” stadion 30 ming, “Xalifa” esa 20 ming muxlisga mo'ljallangan. Har ikki stadionda bir qator xalqaro bellashuvlar bo'lib o'tgan. Yoshlarimiz guruhdagi uch o'yinni Isa Taunda o'tkazishadi. Umuman olganda, Bahrayn ancha kichik mamlakat bo'lgani sababli unda bir joydan ikkinchisiga borish katta muammo tug'dirmaydi.

Guruhlarda yuqori ikki o'rinni egallagan jamoalar pley-off bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Jahon chempionatiga yarim finalchilar chiqishadi. Agar Janubiy Koreya yarim finalga yo'llanma olsa, unda chorak finalchilar o'rtasida JCH yo'llanmasi uchun qo'shimcha o'yinlar tashkil etiladi. CHunki jahon chempionati ham keyingi yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadi. Qo'shimcha pley-offda jamoalar yarim finalda juftliklari asosida to'qnash kelishadi, yani g'oliblar qaysi juftliklar asosida hosil qilsa, mag'lublar ham shu yo'lda kurashni davom ettirishadi.

Endi esa O'zbekiston yoshlar terma jamoasining final bosqichlaridagi ishtirokiga nazar tashlab o'tsak. Umuman olganda, aynan final bahslaridagi natijaning o'zi bo'yicha termamiz juda yaxshi ko'rsatkichlarga ega. CHunki 2002, 2004, 2008, 2010, 2012 va 2014 yillardagi qita chempionati finalida ishtirok etgan yoshlarimiz har safar guruhdan keyingi bosqichga chiqishgan va to'rt marta jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishgan.

2002 yilgi musobaqa ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. O'shanda guruhda mezbonlarni ortda qoldirib ketgan termamiz chorak finalda Suriyaga qarshi kechgan asabiy bellashuvda 4:0 hisobida g'alaba qozonib (barcha gollar 2-taymda urilgan), jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishgandi. Lekin yarim final va 3-o'rin uchun o'tgan uchrashuvlarda raqiblar bizdan kuchliroqligini namoyish etishgandi. SHunga qaramay, kichik mundialga ilk bor chiqishning o'zi haqiqiy qahramonlik edi.

Quyida dastlabki tur o'yinlari bilan tanishing:

“A” guruhi

1-tur

13 oktyabr

18:30 - Tailand - Janubiy Koreya

21:30 - Bahrayn - Saudiya Arabistoni

14 oktyabr

18:30 - KXDR  - Vetnam

21:30 - BAA - Iroq

14 oktyabr

18:30 - Yaponiya - Yaman

21:30 - Qatar - Eron

15 oktyabr

18:30 - O'ZBEKISTON - Tojikiston

21:30 - Xitoy – Avstraliya


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing