15 iyu 10:05
Yangiliklar

Bugun Bokuda Ozarbayjon - O'zbekiston o'yini bo'lib o'tadi
Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan Bahrom Norsafarov boshchiligidagi jamoamiz kecha Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga jo'nab ketdi.
Bokudagi
o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida mezbon terma jamoaga qarshi ikkita o'rtoqlik
uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. O'yinlarning dastlabkisi aynan bugun bo'lib
o'tsa, ikkinchi uchrashuv 17 iyulda o'tkaziladi.
Takidlash kerak, O'zbekiston ayollar terma jamoasining rasmiy uchrashuvlari shu yilning 27 oktyabridan 4 noyabriga qadar Osiyo chempionatiga saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadi.
Malumot
uchune, O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralashning “V” guruhidan o'rin olgan
bo'lib, Xitoy Taypeyi, Gongkong, Tojikiston hamda Pokiston terma jamoalariga
qarshi baxs olib boradi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi saralash o'yinlari Tojikistonda
bo'lib o'tadi.
Fikrlar