So’nggi yangiliklar

19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0

14 noy 07:24
Yangiliklar

Taekvondo

Bugun boshlanadigan taekvondo WT bo'yicha Jahon chempionati haqida qiziqarli malumotlar

Uch yillik tanaffusdan so'ng bugun Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo'yicha jahon chempionati start oladi.

Dunyoning eng kuchli taekvondochilarini o'zida to'playdigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda ishtirok etadi. Ushbu materialda chempionat haqidagi ahamiyatli jihatlar haqida malumot beramiz.

Avval terma jamoamiz tarkibiga to'xtalib o'tsak. Murabbiylar shtabining qaroriga binoan, chempionatda 16 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi. 

Erkaklar:

- 54 kg: Jahongir Xudoyberidev

-58 kg: Amir To'raev

-63 kg: Niyaz Pulatov

-68 kg: Ulug'bek Rashitov

-74 kg: Jasur Jaysunov

-80 kg: SHuhrat Salaev

-87 kg: Nikita Rafalovich

+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:

-46 kg: Zuhra Tojimatova

-49 kg: Zarnigor Husniddinova

-53 kg: Sitora Ergasheva

-57 kg: Madina Mirbzalova

-62 kg: Feruza Sodiqova

-67 kg: Ozoda Sobirjonova

-73 kg: Saodatbegim Alieva

+73 kg: Svetlana Osipova


Tarkibda SHuhrat Salaev, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova, Feruza Sodiqovadan boshqa barcha sportchilar kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida debyut qilishadi.

Musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida katta reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli. Kuchli beshlikdan joy olgan sportchilar o'z hisoblarini quyidagi ochkolar bilan boyitishadi.


1-o'rin: 140.00

2-o'rin: 84.00

3-o'rin: 50.40

5-o'rin: 30.24


CHempionatda hamyurtlarimizning chiqishi quyidagi sanalarga belgilangan:

14 noyabr: -80 kg (SHuhrat Salaev), -57 kg (Madina Mirbzalova)

15 noyabr: -87 kg (Nikita Rafalovich), -67 kg (Ozoda Sobirjonova), -62 kg (Feruza Sodiqova)

16 noyabr: -68 kg (Ulug'bek Rashitov), -49 kg (Zarnigor Husniddinova)

17 noyabr: -74 kg (Jasur Jaysunov), +87 kg (Marat Mavlonov), +73 kg (Svetlana Osipova)

18 noyabr: -63 kg (Niyaz Pulatov), -53 kg (Sitora Ergasheva)

19 noyabr: -54 kg (Jahongir Xudoyberidev), -73 kg (Saodat Alieva)

20 noyabr: -58 kg (Amir To'raev), -46 kg (Zuhra Tojimatova).


Eng ko'p ishtirokchini jamlagan vazn: Erkaklar, -68 kg. 60 nafar sportchi.

Eng kam ishtirokchini jamlagan vazn: Ayollar, +73 kg. 25 nafar sportchi.

Davlatlar soni: 122 (qochoqlar jamoasidan tashqari)

Sportchilar soni: 755.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing