21 fev 08:25
Yangiliklar
Futbol

Bugun "Bunyodkor" olovrang, "Al Ahli" oq libosda o'ynaydi
Bugun OCHL doirasidagi Saudiya Arabistonining “Al Ahli” hamda Toshkentning “Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugungi o'yinda “Bunyodkor” futbolchilari olovrang libosda harakat qilishadi. Mezbonlar esa oq liboslarida maydonga chiqib kelishadi.
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O'zbekiston)
21 fevral, Jidda, “Sport Siti” stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya);
Qanot hakamlari: Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi (har ikkisi Yaponiya);
Zaxira hakami: Araki Yusuke (Yaponiya);
Hakamlar nazoratchisi: Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Song Xuang (Xitoy).
Havola :
Manba : fcbunyodkor.com
Fikrlar